{"product_id":"nodira-qahramonova-yoshlar-orasida-ruhiy-salomatlikni-qo-llab-quvvatlash-9786209247354","title":"YOSHLAR ORASIDA RUHIY SALOMATLIKNI QO¿LLAB-QUVVATLASH","description":"Yoshlar - jamiyatning eng faollari va kelajagini quruvchi asosiy kuchidir. Ularning ruhiy salomatligi nafaqat shaxsiy hayoti uchun, balki butun jamiyatning barqarorligi va taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda tezkor hayot ritmi, ta'lim, ish izlashdagi qiyinchiliklar, oilaviy muammolar va boshqa ko'plab omillar yoshlarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bois yoshlar orasida ruhiy salomatlik muammolarini oldini olish va ularni qo'llab-quvvatlash jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Ijtimoiy ish sohasida esa ruhiy salomatlikni mustahkamlash uchun turli yondashuvlar va metodlar ishlab chiqilmoqda. Ijtimoiy ish xodimlari yoshlarni individual va guruh shaklida qo'llab-quvvatlash, muammolarini aniqlash va samarali echimlar topishda unga yordam berish bilan shug'ullanadilar. Ularning vazifasi nafaqat ruhiy qiyinchiliklarni aniqlash, balki yoshlarning o'z resurslarini kashf etishlariga ko'maklashish, ijtimoiy muhitda o'z o'rnini topishiga yordam berishdir. Bu borada psixologik maslahatlar, turli treninglar, mahorat darslari va ijtimoiy tadbirlar muhim hisoblanadi.","brand":"GlobeEdit","offers":[{"title":"Default Title","offer_id":53807100330326,"sku":null,"price":0.0,"currency_code":"EUR","in_stock":false}],"thumbnail_url":"\/\/cdn.shopify.com\/s\/files\/1\/0925\/5829\/5382\/files\/product_image_9786209247354_1_2fc4c53a-891d-46e8-a785-d99999491b75.jpg?v=1783391187","url":"https:\/\/www.momoxbooks.com\/products\/nodira-qahramonova-yoshlar-orasida-ruhiy-salomatlikni-qo-llab-quvvatlash-9786209247354","provider":"momoxbooks","version":"1.0","type":"link"}